SportUz.Net
photo photo

Dana Uayt Frensis Ngannu bilan shartnoma masalasi haqida: "Ko'ramiz, bu qanday tugar ekan"

18.01.2022 15:00    


Rasmni yuklab olish

UFC prezidenti Dana Uayt og'ir vazn toifasida amaldagi chempion Frensis Ngannu bo'yicha berilgan savolga aniq javob qaytardi.

23 yanvar kuni kamerunlik sportchi Siril Ganga qarshi jang qiladi. Bu jang - Frensisning UFC bilan so'nggi shartnomasi bo'ladi.

"Quloq soling, biz bunday sharoitda avval ham bo'lganmiz. Boshqacha qilib aytganda, ko'ramiz, bu qanday yakunlanar ekan. Bu ahamiyatsiz. SHanba kuni u jang qiladi va shu bilan tugaydi.

Men shunchaki boshqa birovga Vins [Makmen] bundan yaxshiroq scenariy yoza olmasligini aytdim. Bu ikki yigit bir lagerdan chiqishgan, ular chindan ham birga mashq qilishgan, endi ular bir-birlarini yoqtirmaydilar va bularning barchasi o'zaro adovat.

Bir tomondan sizda bitta zarbali yigit bor, men og'ir vazn toifasida stilistik jihatdan eng yaxshi zarba beruvchi yigitga qarshi bir zarbali nokautning shafqatsiz kuchini nazarda tutyapman.

Sizda yaxshiroq scenariy, bundan yaxshi stilistik qarama-qarshilik bo'lishi mumkin emas edi", — dedi Uayt.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: