SportUz.Net
photo photo

Frensis Ngannu: "Men UFCda qolishni istayman, lekin UFC ham buni xohlayotganini his qilmayapman"

18.01.2022 12:20    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vazn toifasida UFC chempioni Frensis Ngannu yaqinda Dana Uayt bilan uchrashganiga qaramay, UFC bilan aloqalari avvalgidek yaxshi emasligini takidladi.

"Uchrashuv yaxshi tugadi, — Ngannuning so'zlarini keltiradi sportskeeda.com. — Ayni paytda unchalik ham hafsalam pir bo'lmagan. Men Danaga u bilan ko'rishishni va do'stlardek bayramni nishonlashimizni aytdim. Men UFCda qolishni istardim, lekin buni UFC xohlayotganini his qilmayapman".

"Men promouterim borligini his qilmayapman. Ular men uchun ishlashayotganini his qilmayapman. Men xato qilishim mumkin, lekin men ularni hech qachon boshqa jangchilar kabi solishtirmayman", - dedi Ngannu. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: