Maks Xollouey jarohat sabab jangdan olinganidan so'ng, Aleks Volkanovskining "Koreyalik Zombi" laqabi bilan mashxur CHon CHxan Son bilan jang qilishi malum bo'lgandi. Jangchi Sexudoning chorlovini rad qilib, aynan koreyalikni tanlagandi. Genri bunga chidab tura olmadi.
"Ey, Aleks, seni yuradigan murdaga aylantirib qo'yadigan yigitni emas, Zombini tanlaganing aniq bo'lyapti...", - deb yozadi Genri Sexudo.
Eslatib o'tamiz, Aleks Volkanovski va "Koreyalik Zombi" o'rtasidagi jang UFC 273 doirasida o'tkaziladi.
Roy Jons Usikni buyuk superog'ir vaznlilar reytingida nechanchi o'rinda ko'rishini aytdi