Bu haqida BoxingScene nashri xabar qildi. SportUz.Net sayti ushbu xabarning o'zbekcha variantini etiboringizga havola qiladi.
Filadelfiyalik Stefan Fulton o'tgan oy engilmas Angelo Leoni (20-1, 9 KO) mag'lub qilib, ushbu vaznda WBO kamarini qo'lga kiritdi va raqibining mag'lubiyasiz seriyasiga nuqta qo'ygan edi.
Luis Neri esa sentyabr oyida WBC kamarini o'ziniki qilgan edi.
Murodjon Ahmadaliev esa hozir divizionda qirol. U o'tgan yili Mayami shahridagi 12 raundlik jangda Denni Romanni mag'lub etib, ikki kamar sohibiga aylangandi.
"O'tgan yili yanvar oyida WBA va IBF kamarlari uchun Denni Romanni mag'lub qilganimdan so'ng, men diviziondagi boshqa jangchilar bilan uchrashishni juda xohlayapman", - deydi Murodjon Ahmadaliev.
Koronavirus sababli Murodjon himoya janglarini o'tkaza olmadi. 26 yoshli Ahmadaliev keyingi jangini majburiy kamar himoyasi uchun yaponiyalik Ryosuke Ivasaga qarshi 13 mart kuni o'tkazishi haqida malumotlar tarqalgandi. Ammo, hali rasmiy qaror elon qilingani yo'q.
Murodjonning o'zi quyidagi fikrlarni qo'shimcha qildi:
"Majburiy himoya jangidan so'ng, Fulton va Neri bilan birlashtiruvchi jang o'tkazishni intizorlik bilan kutyapman".