Entoni Joshua va Tayson Fyuri ikki jang uchun shartnoma imzolashi kutilayotgani hisobga olinsa, ular Usik bilan jang qilishmaydi. SHu nuqtai nazardan qaralsa, katta ehtimol bilan Usik Joys ustidan qozoniladigan g'alabadan so'ng chempionga aylanadi.
Usikning promouteri Aleksandr Krasyuk ham ushbu muammoga to'xtalib o'tdi:
"Ha, biz Pako bilan bu haqida gaplashdik. Uning aytishicha, Usik g'alaba qozonsa va Joshua yoki Fyuri o'zaro birinchi janglaridan so'ng Usik bilan jang qilishmasa, u holda Aleksandr Usik chempionga aylanadi".