CHimaev o'zi tug'ilib o'sgan yurtga muolaja olish va tiklanish uchun keldi. Xamzat yaqinda koronavirusga chalingan va bu kasallikni o'zida og'ir o'tkazgan edi.
"Bugun UFC`ning ko'zga ko'ringan jangchilaridan biri Xamzat CHimaev o'z Vataniga qaytib keldi. Yaxshigina vazn yo'qotibdi. Bu erning toza havosidan so'ng o'ziga kelib olishiga ishonaman. U bu erda koronavirus infekciyasidan to'liq forig' bo'lish uchun tibbiy muolajalarni oladi. Butun chechen xalqi Xamzatning kasalligini o'zining dardi kabi qabul qildi. SHaxsan men uning faoliyati davom etishini istayman. Ishonchim komil, u albatta qaytadi", - deb yozadi Kadirov.
Yana ikki nafar hamyurtimiz AQSHning Global Fight League promousheni bilan shartnoma tuzdi