"Men Pore hozir chempion bo'lishga loyiq deb hisoblayman. Bu mening shaxsiy fikrim. U kimlarga qarshi jang qilganini ko'ring: Maks Xollouey, Eddi Alvares, Entoni Pettis. Va Konor bilan ham jang qildi. Bularning barchasi top jangchilar. Balki bu sportchilar kelajakda UFCning shon-sharaf zaliga kiritilar.
Hozircha barchasi tinch, Dana Uayt nimalarni o'ylayotgani ham tushunarsiz. Ammo yozda bu divizion qaynaydi. Umuman, engil vazn doim raqobatli va katta yulduzlarga boy bo'lgan. Yozda yana yangiliklar bo'ladi. Yosh jangchilar kelishmoqda, shuningdek CHendler, Oliveyra, Getji ham bor. Yil o'rtasi va yakuni ushbu vaznda qiziq bo'ladi", - dedi Xabib Nurmagomedov.
Arman Carukyan CHarlz Oliveyraga: "Mening ismimni aytishdan qo'rqma, qattiq urmayman"