SportUz.Net
photo photo

Kutganmidingiz? Genri Sexudo qaytayotganini elon qildi

09.03.2021 09:20    


Rasmni yuklab olish

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Genri Sexudo faoliyatini qayta tiklashini malum qildi.

Amerikalik jangchi bu haqida mahalliy telekanallarning biriga bergan intervyusida xabar bergan.

"Bolalar, so'nggi yangiliklarni kuzatib boring. Uchtalik chempion qaytmoqda. O'ylaymanki, Yan va Sterling o'rtasida revansh jangi o'tkaziladi. Bu jang albatta bo'lishi kerak. Keyin men navbati bilan ularning har ikkisini adabini berib qo'yaman", — deya Sexudoning so'zlarini keltirmoqda The Sun nashri.

Eslatib o'tamiz, Sexudo 2020 yilning may oyida UFC 249 turniri doirasidagi jangda Dominik Krusni mag'lubiyatga uchratganidan so'ng faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. 34 yoshli Sexudo erkin kurash bo'yicha 2008 yilgi Olimpiada chempioni hisoblanadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: