SportUz.Net
photo photo

SHohjahon Ergashevning jang oqshomi uchun chiptalar narxi malum bo'ldi

01.12.2021 16:40    


Rasmni yuklab olish

Yaxshi bilasiz, professional bokschimiz SHohjahon Ergashev 11 dekabr kuni Toshkent shahrida ringga ko'tariladi.

Poytaxtimizdagi "Renaissance Hall" arena ("Zo'r TV" arena) mezbonlik qiladigan boks oqshomi uchun chiptalar sotuvi boshlandi. 

Unga ko'ra, chiptalar 50 ming so'mdan - 250 ming so'mgacha bo'lgan narxda sotilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, SHohjahon o'sha kuni Janubiy Afrika Respublikasi vakili Princ Dlomoga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo, bugun maxsus komissiya qaroriga ko'ra JARdan keladigan fuqarolar O'zbekistonga kiritilmasligi malum qilindi. Ayni paytda unga boshqa raqib izlanmoqda. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: