SportUz.Net
photo photo

SHohjahon Ergashevning raqibi o'zgarishi kutilmoqda

01.12.2021 14:20    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, 11 dekabr kuni bokschimiz SHohjahon Ergashev Toshkentda jang o'tkazadi.

O'sha kuni unga Janubiy Afrika Respublikasi vakili Princ Dlomo raqiblik qilishi malum qilingandi. Biroq, bugun O'zbekiston Respublikasi maxsus komissiyasi qaroriga ko'ra, 3 dekabrdan 10 yanvarga qadar Janubiy Afrika Respublikasidan keladigan yo'lovchilar, so'nggi 14 kun davomida ushbu mamlakatdan bo'lganlar O'zbekiston Respublikasi hududiga kiritilmasligi malum qilindi. 

SportUz.Net sayti muhbiri ushbu masala yuzasidan O'zbekiston professional boks federaciyasi masuliga murojaat qildi. Manbaga ko'ra, Princ Dlomo Toshkentga kelmaydi. 11 dekabr kuni SHohjahon katta ehtimol bilan boshqa raqibga qarshi ringga ko'tariladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: