SportUz.Net
photo photo

Nursulton Ro‘ziboevning raqibi ma’lum. U chempionlik kamarini himoya qiladi

30.11.2021 13:00    


Rasmni yuklab olish

Hamyurtimiz Qozog‘istonda jang qiladi.

Yurtimizning eng mashhur MMA vakillaridan biri Nursulton Ro‘ziboevning 12 dekabr kuni Qozog‘istonning Almati shahrida navbatdagi jangini o‘tkazishi borasida xabar bergan edik. Mazkur jangda yurtdoshimiz o‘ziga tegishli bo‘lgan Open Fighting Championship promoushenining o‘rta vazn (84 kg) toifasidagi chempionlik kamarini himoya qiladi. 

Uning raqibiga ham oydinlik kiritildi. Nursulton o‘z titulini Armaniston vakili Eduard Arustamyandan himoya qiladi. 

Eduard shu kunga qadar, 10 ta jang o‘tkazgan va 8 g‘alabaga erishgan. Ikki bora esa mag‘lubiyatni qabul qilib olgan. Hamyurtimizda esa bu ko‘rsatkich 32-8 ko‘rinish olgan.

Eslatib o‘tamiz, Nursulton Ro‘ziboev joriy yilning 12 sentyabrida braziliyalik Aleks de Paulani mag‘lub etib, ushbu chempionlik kamarni qo‘lga kiritgan edi. 

nurik_1



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: