AQSHning Mayami shtatida tashkil etilgan mazkur oqshomda hamyurtimizga argentinalik Abel Nikolas Adriel (47-23-21-3, 5 KO) raqiblik qildi. 6 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va bahs Kozimbek Mardonovning g'alabasi bilan yakunlandi.
"Allohga shukur, g'alaba qozondim. Raqib anchayin tajribali. Nokaut bo'lishi qiyin edi va men ham unga imkoniyat bermadim. Raqibni murabbiylarim bilan o'rganib chiqqan edik, shunga qarab mashg'ulotlar o'tkazdik. Natijasi yaxshi bo'ldi", - dedi Mardonov jangdan so'ng muxbirimiz bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Mardonov debyut jangida boshqa bir argentinalik bokschi Marcelo Rubin Molina ustidan 2-raunda nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.
Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi
Arman Carukyan CHarlz Oliveyraga: "Mening ismimni aytishdan qo'rqma, qattiq urmayman"