SportUz.Net
photo photo

Endi Ruis vs Kris Arreola jangi sanasi malum

03.03.2021 10:20    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasida sobiq WBA Super, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlari sohibi Endi Ruis bir yarim yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytmoqda.

Meksikalik bokschi 24 aprel kuni WBC chempionlik kamariga sobiq davogar Kris Arreolaga qarshi jang o'tkazadi. Raqib haqida avvalroq xabar berilgan edi. Bugun esa tashkilotchilar jang sanasini elon qilishdi.

SHu tariqa, Ruis bir yarim yillik tanaffusdan so'ng faoliyatini qayta tiklaydi. U so'nggi bor 2019 yilning dekabr oyida Entoni Joshuaga imkoniyatni boy berib, aynan britaniyalikdan tortib olgan kamarlarini qayta topshirgandi. Arreola esa 2019 yilning mart oyida polshalik Adam Kovnackiga yutqazgan. 

Yana bir malumot, Kris Arreola WBC kamarini qo'lga kiritish uchun uch bora urinib ko'rgan va barcha janglarda Vitaliy Klichko, Bermeyn Stivern va Deontey Uaylderdan engilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: