SportUz.Net
photo photo

Fyodor Emelyanenko: "Dana Uayt uchun pul - bu hamma narsa. Insoniylik tarafdan unda hech narsa yo'q"

20.10.2021 14:40    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik afsonaviy MMA jangchisi Fedor Emelyanenko UFC prezidenti Dana Uayt haqida tanqidiy fikr bildirdi.

"Bizning promoushen dunyodagi eng zo'ri, birinchi raqamlisi deydigan insonlar menga taklif bilan chiqishgandi. Ular "Sen eng kuchli jangchisan va biz uchun jang qilishing kerak. Senga Bruk Lesnar bilan jang uchun malum bir summa to'laymiz" deyishdi. Men kimga qancha to'lashlarini bilardim va bu yaxshi pul edi. Ammo, biroz ko'proq so'radim. Menda sambo va boshqa sport turlari bo'yicha bir necha karra chempionlardan iborat jamoa borligini aytdim va ularni UFC'ga olishlarini so'radim. UFC'dagilar esa ochiqchasiga bizga faqat sen keraksan, ularni esa keragi yo'q deb aytishdi. "Bellator" bilan munosabatlarimiz esa faqat insoniy aloqalar evaziga qurilgan.

Dana Uaytdan esa yoqimsiz taassurot qolgan. Dana uchun pul - bu hamma narsa. Insoniylik tarafdan unda hech narsa yo'q. Faqat pul, bo'ldi. Albatta, pul yashash uchun muhim narsa, ammo insoniylikni pulga almashib bo'lmaydi", -dedi Fyodor Emelyanenko. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: