Fair Fight sobiq chempioni SHer Mamazulunov (37-7) va Nikita SHostak kikboksing Fair Fight 14 turnirining asosiy kardida jang qiladi.
-84 kg vazn toifasida bo'ladigan bellashuv 3 raundga mo'ljallangan.
SHer Mamazulunovni liga muxlislari yaxshi bilishadi: ikki yil avval u yarim o'rta vaznda (77 kg) Fair Fight Gran-prisi g'olibiga aylandi, WAKO, WKF va WFKB chempioni Yuriy Bessmertniga qarshi jangda kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. Keyinchalik, o'rta divizionga qaytishga qaror qildi, u erda TNA finalida ikki marta g'olib chiqdi va WTKF chempioni bo'ldi.
SHostak Ekaterinburgda debyut qiladi, ammo raqiblar o'rtasidagi tarix allaqachon ochilgan. SHostak SHerning jamoadoshi Surik Magikyanga qarshi kurashda g'alaba qozondi, u ham Fair Fight chempioni edi. SHuning uchun Mamazulunov uchun ushbu jang juda muhimdir. SHostak anchayin kuchli jangchi va Belorussiyaning tayboks terma jamoasi azosi bo'lib, jahon chempionatida kumush, Evropa birinchiligida oltin medalni qo'lga kiritgan. Bundan tashqari CHexiyaning WAKO K-1 World tashkiloti unvoniga sazovor bo'lgan.
Bahs RMK jang sanatlari akademiyasi arenasida tashkil etiladi.