SportUz.Net
photo photo

Usikning Fyuri bilan raqobatlashishi qiyin bo'ladi

13.10.2021 13:20    


Rasmni yuklab olish

Britaniyalik Jo Joys bokschilarning ehtimoliy jangdagi imkoniyatlarini taqqosladi.

Og'ir vazn toifasida britaniyalik bokschi Jo Joys WBO, WBA, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik hamda WBC kamari sohibi Tayson Fyuri o'rtasidagi bo'lajak ehtimoliy jang haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Joysning qayd etishicha, vatandoshi bu jangda g'alabani nishonlashi mumkin.

«Fyuri ringga chiqadi va Usik bilan o'yin qiladi. Siz nima demoqchi ekanimni tushunyapsizmi? Taysonning mahorati bor, Aleksandrdan bo'yi va vazni bo'yicha ustunlik qiladi. U chap qo'lda ham, o'ngda ham boks tushishni biladi. Menimcha, u shunday raqib bilan o'ynay boshlaydi.

Usikning Fyuri bilan raqobatlashishi qiyin bo'ladi. Ha, u yaxshi texnikaga ega, lekin Fyurining o'ziga xos uslubi bor, u kuchli va chidamli bokschi. Bundan tashqari, Taysonning aqlli o'yinlarda raqibini chalkashtirib yuborish qobiliyatini ham unutmaslik kerak. SHubhasiz, bu qiziqarli jang bo'ladi. Va men hech kimga oldindan g'alabani kafolatlay olmayman», - dedi Joys.

Avvalroq, Joshuaning Usik bilan revansh shartnomasidagi bandni rasman faollashtirgani haqida xabar berilgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: