SportUz.Net

Ankalaev Gustafsson va Reyesning rekordini takrorladi

02.03.2021 15:20    


Rasmni yuklab olish

UFC jangchisi Magomed Ankalaev UFC Vegas 20 turnirida Nikita Krilov ustidan g'alaba qozongandan so'ng, uning g'alabali seriyasi oltitaga etdi.

SHu orqali Magomed Ankalaev yarimog'ir vazn toifasida ketma-ket g'alabalar soni bo'yicha to'rtinchi natijani qayd etdi. Ankalaev to'rtinchi o'rinni Dominik Reyes va Aleksander Gustafsson bilan bo'lishib turibdi. Bundan tashqari, Ankalaevning ushbu natijasi hozirda faoliyatini davom ettirayotgan jangchilar orasidagi eng yaxshisi bo'lib turibdi.

Ro'yxatda birinchi o'rinda 13 g'alabali seriya bilan Jon Jons egallab turibdi. Ikkinchi o'rinni 8 g'alaba bilan Lioto Machida, keyingi o'rinni esa 7 ta ketma-ket g'alaba bilan CHak Liddell band qilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: