SportUz.Net

Artur Beterbiev UFC`da debyut qilishi mumkin, u Kamaru Usmanga "vyzov" tashladi

12.10.2021 11:20    


Rasmni yuklab olish

Professional boksning yarimog'ir vazn toifasida amaldagi WBC va IBF yo'nalishlari chempioni Artur Beterbiev UFC oktagonida o'zini sinab ko'rishga tayyor ekanini malum qildi.

"Menda MMA qoidalari bo'yicha jahon chempioniga qarshi "qafas"ga kirish istagi paydo bo'ldi. O'zimga juda ham qiziq tuyulyapti. To'g'ri, bu shu yilning o'zida amalga oshmaydi. Olti oy to'laqonli mashg'ulot lagerini o'tashim kerak. Sobiq UFC chempioni Jorj Sent-Perr juda yaqin do'stim hisoblanadi. U bilan birgalikda mashg'ulot o'tkazaman. Boksdagi natijam Dana Uaytning tinchini buzishiga ishonaman. Xullas, 77 kg vaznda UFC chempioni bilan jang qilishga tayyorman", - dedi Beterbiev. 

Eslatib o'tamiz, yarimog'ir vazn toifasida ayni paytda Kamaru Usman UFC chempioni bo'lib turibdi. "Nigeriyalik dahshat" o'zining navbatdagi himoya jangini 6 noyabr kuni Nyu-Yorkda UFC 268 turniri doirasida Kolbi Kovingtonga qarshi o'tkazadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: