SportUz.Net
photo photo

Usik – Joshua… Usik ushbu jang sodir bo'lishini 2017 yilda Klichko mag'lub bo'lganidan so'ng taxmin qilgan

25.09.2021 10:40    


Rasmni yuklab olish

Usik – Joshua… Usik Ushbu jang sodir bo'lishi 2017 yilda Klichko mag'lub bo'lganidan so'ng taxmin qilingan

Jang o'tkaziladigan joy ham to'g'ri chiqdi


Yilning asosiy jangi bo'lishi kutilayotgan boks boshlanishiga juda kam vaqt qoldi. Aleksandr Usik guruhi bilan Londonda bo'lib turibdi, u shanba kuni kechqurun ukrainalik afsonaviy bokschi Vladimir Klichko sabab g'alaba qozongan Entoni Joshuaga qarshi jang qiladi.
Entoni va Vladimir hayotda do'st hisoblanishadi. Kichik Klichko faoliyatini tugatganidan so'ng britaniyalikni o'zining vorisi deb atay boshladi, hattoki unga Endi Ruisni revanshda engish bo'yicha maslahatlar ham berdi. Usik Entoniga qarshi ringga ko'tarilishini to'rt yil oldin bilgan edi.

Usik teleko'rsatuvda Joshuaga qarshi jang qilishini aytgan edi. Hattoki vaqt va joyni ham taxmin qilib topgan

2017-yil may oyida Usikning og'ir vazin toifasiga o'tishi mumkin emas edi. 2016-yil sentyabr oyida u faqatgina birinchi og'ir vazn toifasida jahon chempioni kamarini qo'lga kiritdi , aprel oyida esa birinchi muvaffaqiyatli himoyasini o'tkazdi. “Inter” telekanali uni Joshuaning faoliyatidagi eng muhim g'alaba – Vladimir Klichkoga qarshi o'tkazgan jangni muhokama qilishga taklif qilishdi. Aleksandr bilan bo'lgan muloqat juda qiziqarli bo'ldi: “Albatta, jangni tomosha qildim, Vladimir g'alaba qozonishini xohlagan edim, biroq o'ylashimcha, Joshua yaxshi tayyorlangan va bu jangda kuchliroq edi. Joshuaning qattiq kurashdan keyin tiklanish uchun tanaffus olgani menga yoqdi. Uni hozirda og'ir vazn toifasidagi eng kuchli bokschilardan biri deb hisoblayman. Uaylder bilan boks qilishi tarafdoriman”.


Boshlovchi Usikning og'ir vaznga o'tishi va Joshuaga qarshi jangi haqida muloqatni boshladi.
-Siz og'ir vazn toifasiga o'tishni reja qilgansiz.
-Hech kimdan qasos olmoqchi emasman, lekin Joshua bilan jang bo'ladi.

- Joshua va Vladimir jangini ko'rganingizda bu haqida o'ylaganmidingiz?
-Yo'q, men uning janglarini oldin kuzatganman. Uni birinchi marta 2011-yil Bokuda bo'lib o'tgan havaskorlar o'rtasidagi jahon chempionatida ko'rganman. U o'sha vaqtda ikkinchi bo'lgan edi. Men bu yigit Londonda bo'ladigan Olimpiada chempioni bo'lishiga ishonganman.
-Agar imkoniyat paydo bo'lsa, biz ikkala Olimpiada chempionlarining jangini ko'rishimiz mumkin bo'ladimi? Londonda?
-Ha, uch yil ichida .
-Uch yil ichida? Uch yildan keyin deb o'z oldingizga maqsad qo'ydingizmi?
-SHunaqa desa ham bo'ladi.
Usik efirda aytgan gaplarining barchasini amalga oshirdi. Qolgan ikki yil davomida birinchi og'ir vazn toifasidagi barcha kamarlarni birlashtirdi, shuningdek Butunjahon boks superseriyasining birinchi faslida g'alaba qozondi, og'ir vazn toifasiga o'tdi va ikkita bahsdan so'ng Joshuaga qarshi jang imkoniyati paydo bo'ldi.

Hisob-kitob qilishda bir yilga adashildi, lekin pandemiya bo'lmaganida hammasi aytilganidek bo'lar edi.

Klichko Joshuaga Endi Ruisni engish bo'yicha maslahat berib yordamlashdi, ammo Usikka kelganda buni rad qildi. Buning sabablari malum
2019-yil yozda og'ir vazn toifasida katta shov-shuv ko'tarildi. Joshuaning debyuti Amerikada bo'lishi va unga qarshi raqib sifatida Jarella Miller tanlangan edi. Biroq doping-testdan o'tolmaganligi sabab Endi Ruis uning o'rnida qatnashadigan bo'ldi. Ruis ettinchi raundda Joshuani nokaut qildi. AQSHdagi birinchi jang Entoni uchun haqiqiy halokat bo'ldi.
Dekabrda Saudiya Arabistonda britaniyalik revanshda qatnashib, ochkolar hisobida raqibini engdi. Unga Vladimir Klichko yordam berganligi birozdan so'ng malum bo'ldi. G'alabani qo'lga kiritgan Joshua minnatdorchilik bildirishni ringdaligidayoq boshlab yubordi:

“Ruisni meni Nyu-Yorkda engan inson sifatida hurmat qilaman. Juda qiyinchilik bilan revanshga tayyorlandim. Vladimir Klichko menga yordam berganligini ham aytib o'tmoqchiman. U qimmatli maslahatlarini mendan ayamadi. Undan ko'p narsalarni o'rgandim. Klichko Endidan engilganimdan so'ng menga qo'ng'iroq qilgan yagona inson bo'ldi. U buni mashhur bo'lish uchun qilmadi. Mana shuning uchun ham uni qadrlayman hamda hurmat qilaman. Masalan, Klichko menga ijtimoiy tarmoqlarga ko'p etibor qaratmasligimni maslahat berdi. Diqqatimni o'zimga qaratishimni aytdi va bu ,haqiqatan, ish berdi”.
Endi Aleksandr Usikni qanday mag'lub etish bo'yicha maslahat kutish to'g'ri bo'lmasligi mumkin. CHunki Usik hozirda Ukrainada boksning asosiy yulduzi, shuningdek, u aka-uka Klichkolarning kompaniyasi K2 ning jangchisi.

Joshuaning menejeri Devid Gansa mijoziga Klichkodan hech qanday maslahat bo'lmasligini malum qildi. U bu haqida:
“Usik va Joshua o'rtasidagi jang bo'lishi elon qilinganda, Vladimir Entoniga: “Men ikkalangizni ham yaxshi ko'raman. Omad tilayman, kuchli bo'lgan g'alaba qozonadi”,-deb aytgan. Klichko har qanday ishtirokdan voz kechdi. Men uning bu ishga aralashmasligiga ishonaman”,-degan.

Sports.ru sayti asosida Ozoda Qayumova tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: