SportUz.Net
photo photo

Muzaffar Radjabov O‘zbekiston Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasiga vitse-prezident etib tayinlandi

23.09.2021 15:00    


Rasmni yuklab olish

Yangi rahbar ish boshlaydi.

Bugun O‘zbekiston Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasida butun viloyat hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida o‘ziga xos yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishning asosiy mavzusi O‘zbekiston Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasiga yangi vitse-prezident tayinlash bo‘ldi. Ishtirokchilar bir qator nomzodlar orasida O‘zbekiston yakkakurash olamining yorqin vakillaridan biri, 93 kg vazn toifasida WTKF chempioni, ko‘plab yakkakurash turlarida ko‘p karra O‘zbekiston , Osiyo va jahon chempioni, xalqaro turnirlarning bir necha karra g‘olibi, Buxorodagi “Amir Temur” klubi hamda ATF Championship promousheni asoschisi, ko‘plab chempionlarning ustozi sanaluvchi Muzaffar Radjabovni bir ovozdan ushbu lavozimga munosib, deb topdilar.

Shu tariqa O‘zbekiston Aralash jang san’atlari assotsiyasida yangi vitse-prezident ish boshlaydigan bo‘ldi.
Shuningdek, Muzaffar Radjabov O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Qo‘l jangi federatsiyasi Buxoro viloyati bo‘limi raisi lavozimida ham faoliyat olib boradi.

Shu o‘rinda Muzaffar Radjabovga mazkur mas’uliyatli lavozimda omad yor bo‘lishini tilagan holda, yurtimiz MMAsini rivojiga o‘zining ulkan xissasini qo‘shadi, degan umiddamiz!



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: