Bahslarda jahonning 30 ga yaqin mamlakatidan bokschilar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi. Xabar berganimizdek, ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etishdi.
Bugun nihoyasiga etgan musobaqa yakunlariga ko'ra, O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritgan holda, erkaklar o'rtasida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Ikkinchi o'rinni mezbon Bolgariya egallagan bo'lsa, Ukraina terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasadi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz yurtimizga medal bilan qaytadigan bo'lishdi:
Oltin:
-69 kg: Bobousmon Boturov
-81 kg: Dilshodbek Ro'zmetov
+91 kg: Bahodir Jalolov
Bronza:
-52 kg: SHahobiddin Zoirov
-63 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev.
Qizlarimizdan -69 kg vaznli Navbahor Hamidova bronza medaliga sazovor bo'ldi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
"Bivol chempionlik kamaridan voz kechgani yaxshiroq, Benavides bilan jang bo'lmaydi" - promouter
"Tez orada!". Carukyan UFC'dagi navbatdagi jangini tez orada elon qilishi mumkinligini ishora qildi