SportUz.Net
photo photo

Rayan Garciya: Men Jervonta Devisni mag'lub etardim, lekin u kuchli raqiblar bilan jang qilishni xohlamaydi

16.09.2021 16:20    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik WBC chempioni amerikalik Rayan Garciya Instagramdagi obunachilariga murojaat qildi.

Kuzatuvchilar Rayandan har doim Devis bilan jang haqida doimo so'rashadi. Rayanning so'zlariga ko'ra, uning muxlislari bu jangni unutishlari kerak, negaki, Jervontaning promouteri Floyd Meyvezer Devis faqat o'z kompaniyasidagi bokschilar bilan jang qilishini aytdi.

«Men diviziondagi etakchi bokschilar bilan jang qilmoqchiman va barchani nokautga uchratmoqchiman. Men Jervonta Devisni mag'lub qilardim, lekin u Mayweather Promotions  bokschilaridan boshqa hech kim bilan ringga chiqmoqchi emas. Floyd Meyvezer shunday dedi.

Yigitlar, Jervonta bilan bo'lgan jangimizga sharh berishni bas qilishingiz kerak, chunki Devis hech qachon kim xohlasa shu bilan jang qilmaydi. SHunday ekan, buni hozircha unutaylik. Floyd Jervonta kuchli raqiblar bilan jang qilishni xohlamasligini aniq aytdi. Bu shunchaki Devis uslubi emas», - dedi Garciya.

Eslatib o'tamiz, Devis va Garciya shu yilning birinchi yarmida bir-birlariga faol qarshilik ko'rsatishgan, natijada jangchilar ringda uchrashishi mumkin deb taxmin qilish mumkin edi, lekin keyin Rayan o'z faoliyatida to'xtalish qilish fikriga keldi. Garciya kelasi yili ringga qaytishi kutilmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: