SportUz.Net
photo photo

O‘zbekistondagi MMA klublari o‘rtasidagi "7 Fighting Series" turnirining sanasi ma’lum bo‘ldi

15.09.2021 09:43    


Rasmni yuklab olish

Samarqand ushbu tarixiy turnirga mezbonlik qiladi.

O‘zbekistonda yirik U1 promousheni tashkil etilganligidan xabaringiz bor. Mazkur promoushen taqdimotida "7 Fighting Series" ligasiga ham asos solinganligi ma’lum qilingandi.

Ushbu ligada O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan eng kuchli klublar o‘zaro g‘oliblik uchun bahs yuritadi. Mazkur turnirning dastlabki o‘tkaziladigan joyi hamda sanasiga ham aniqlik kiritildi.

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, klublar o‘rtasidagi ilk jang kechasi 15 oktyabr kuni Samarqand shahrida tashkil etiladi. Hozircha nechta klub ishtirok etishi ma’lum emas, Bunga ham tez orada oydinlik kiritiladi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: