Ushbu musobaqada mezbonlardan tashqari, O'zbekiston, Qozog'iston, Moldova va Iordaniya kabi mamlakatlardan ham charm qo'lqop ustalari ishtirok etishdi.
Bugun musobaqaning final janglar tashkil etildi. Unda Abdumalik Xalakov (-57 kg) va Saidjamshid Jafarov (-75 kg) kabi bokschilarimiz g'alaba qozonib, oltin medalga ega chiqishdi. Sodirbek Kamolmirzaev (-52 kg) esa kumush medal bilan yurtimizga qaytadigan bo'ldi. SHuningdek, Jahongir Rahmonov (-69 kg), Jamshid Xudoyberganov va SHohjahon Abdullaev (+91 kg) bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
SHu tariqa bokschilarimiz ushbu musobaqada 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Olimpiada licenziyasini qo'lga kiritgan Bahodir Jalolov finalda Konkabaev bilan jang qiladi