Ushbu qiziqarli kechishi kutilayotgan jang 12 iyun kungi UFC 263 turniri doirasida tashkil etiladi.
Eslatib o'tamiz, jangchilar o'rtasidagi birinchi to'qnashuv Las-Vegasda 2020 yilning 12 dekabr kuni UFC 256 kechasida bo'lib o'tgan edi. Deyarli teng kurashlar ostida kechgan besh raunddan iborat shiddatli jangda hakamlar durang natija qayd etishgandi.
Qoidalarga ko'ra, durang bo'lgan taqdirda chempion kamarini o'zida saqlab qoladi. Deyvison uch hafta ichida ikki marta kamarini himoya qilgan birinchi jangchi sifatida rekord o'rnatgan.
MMA`da Moreno hisobida 25 ta jang bo'lib, ularning 18 tasida g'alaba qozongan, 5 tasida mag'lubiyatga uchragan, 2 bahs esa durrang yakunlangan.
Topuriya engil vaznga o'tish haqida: "Bu aynan men istaydigan narsa. Ammo UFC xohlasa..."