SportUz.Net
photo photo

Olimpiya o'yinlari chempioni muxlislari bilan uchrashdi + FOTO

08.02.2021 14:20    


Rasmni yuklab olish

Olimpiya o'yinlari chempioni muxlislari bilan uchrashdi.

2020 yil 30 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida mamlakatimizda talim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasiga bag'ishlab o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida joriy yil 6 fevral kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga biriktirilgan Toshkent viloyati Bo'ka tumanidagi 11- hamda 20-sonli umumtalim maktablarida Olimpiada, Jahon va Osiyo chempionatlarida sovrindor bo'lgan sportchilar bilan maktab o'quvchilari o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda “Rio-2016” Olimpiya o'yinlari g'olibi Fazliddin G'oyibnazarov hamda “Pekin-2008” olimpiadasining kumush medali sovrindori Abdulla Tangriev va shaxmat bo'yicha xalqaro sport ustasi Saidakbar Saydalievlar ishtirok etdi. 

SHuningdek, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va Xalq talimi muassasalari o'rtasida yaqin hamkorlikni o'rnatish maqsadida oliy o'quv yurtining “Sport menejmenti va iqtisodiyot”, “Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedralari tumandagi 11-son umumtalim maktabi bilan hamda “Boks, taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati”, “Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedralari 20-sonli umumtalim maktablari o'rtasida o'zaro hamkorlik shartnomalari imzolandi. Kelgusida amalga oshiriladigan ish rejalari kelishib olindi. 

Endilikda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining professor-o'qituvchilari o'zlari masul bo'lgan ushbu maktablardagi o'quvchilarni bilim salohiyatini yanada oshirish, ularni kasbga yo'naltirish maqsadida mashg'ulotlar olib boradi. O'g'il-qizlarga o'zlari qiziqqan sport turlarini va boshqa fanlarni mukammal o'zlashtirishlarida amaliy yordam beradi. SHuningdek, o'qituvchilar mahoratini oshirishda uslubiy ko'mak ko'rsatadi.

SHuningdek, universitet professor-o'qituvchilari va sportchilar maktablarga tashrifi chog'ida ushbu maktablar rahbariyati, o'qituvchilari bilan uchrashdi. Har ikkala talim muassasasida olib borilayotgan dars jarayonlari, tashkil etilgan to'garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Samimiy kechgan muloqotlar chog'ida maktablardagi mavjud muammolar, kamchiliklarni imkon qadar qisqa fursatlarda bartaraf etib, talim muassasalari reytingini oshirishga yo'naltirilgan rejalar tuzildi. Mazkur jarayonlarda nafaqat maktab jamoasi shuningdek, o'quvchilarning ota-onalari hamkorligini ham muvofiqlashtirish bo'yicha fikrlashib olindi.

Uchrashuv so'nggida universitet mamuriyati maktab o'quvchilariga sovg'alar hadya etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: