Unga ko'ra, hamyurtimiz 13 fevral kuni Indioda tashkil etiladigan jang oqshomida ringga ko'tariladi. SportUz.Net sayti malumotiga ko'ra, o'sha kuni Elnurga kolumbiyalik Deivi Xulio raqiblik qiladi. Jang 6 raundga mo'ljallangan.
Malumot uchun, Elnur Abduraimov shu kungacha prof boksda 6 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan. Deivi Xulio esa prof ringda shu kungacha 30 marotaba jang qilgan. Ularning 21 tasida g'alaba qozongan (13 ta nokaut). 9 ta jangda esa mag'lubiyatga uchragan (5 ta nokaut).
Eslatib o'tamiz, avvalroq o'sha kuni boshqa bir hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev ham ringga ko'tarilishi haqida xabar qilingandi. Bektemir ushbu jang oqshomida Morgan Fitchga qarshi jang qiladi.