Turnirning asosiy jangida rossiyalik Mixail Ragozin Leonardo Gimaraesh ustidan g'alaba qozondi. Ammo, jangdan so'ng rossiyalik jangchining bir ko'zi ko'rmay qoldi. Bundan tashqari, uning ikkala qo'lida sinish borligi taxmin kilinyapti.
Ragozin ushbu jangga quyidagicha izoh berdi:
"Elkamdan tog' ag'darilgandek bo'ldi. Hozir jang haqida o'ylamasdan, dam olsa bo'ladi. Ammo, ushbu jangda biroz ko'ngilsiz vaziyatlar yuz berdi, keyinchalik bundan vaziyatlar takrorlanmaydi deb o'ylayman. Gimaraeshning boshi juda qattiq ekan. Menimcha, ikkala qo'lim ham sindi.
U menga xaykik bergan payt barmoqlari ko'zimga kirib ketdi, shu sababli hozir bir ko'zim bilan ko'ryapman. Hozirda tekshiruvlardan o'tyapman. Ishonamanki, bu yil qaytaman", - deydi Mixail Ragozin.
Bivol Beterbiev bilan revansh haqida: "Hakamlarda hech qanday shubha qoldirmasligim kerak"
Bahodir Jalolov: "Ikki-uch oy vaqt berilsa, Usik bilan jang qilishga tayyor bo'laman"