Olimpiadaning so'nggi kunida +91 kg vaznli bokschimiz Bahodir Jalolov final jangini o'tkazdi. Ushbu bahsda hamyurtimizga amerikalik Richard Torrez raqiblik qildi.
Jang to'liq davom etdi va unda hakamlar Bahodir Jalolovning 5:0 hisobida g'alaba qozonganini qayd etishdi.
SHu tariqa, Bahodir Jalolov Olimpiya o'yinlari chempioniga aylandi.
Bu O'zbekiston sport delegaciyasi uchun Tokio Olimpiadasidagi uchinchi oltin medal bo'ldi. Bungacha Ulug'bek Rashitov va Akbar Jo'raev ham Olimpiada chempioni unvoniga sazovor bo'lgandi. SHuningdek, Davlat Bobonov va Bekzod Abdurahmonov bronza medalini qo'lga kiritgan.
"Bu yuqori darajali shaxmat o'yini edi". Volkanovski Maxachevga qarshi birinchi jangni esladi