SportUz.Net
logo

photo photo

Pore Konorning oyoq zarbalari haqida: "Hech qachon bunday og'riq his qilmagandim"

04.08.2021 20:00    


Rasmni yuklab olish

UFC jangchisi Dastin Pore Konor Makgregor bilan bo'lgan uchinchi jangni esladi.

"Men oyoq zarbalari kuchli bo'lgan juda ko'p sportchilar bilan jang qilganman. Ammo, men oktagonni hech qachon tizzamdagi og'riq bilan tark etmaganman. Konor bilan jangdan keyin esa, tizzamda qattiq og'riq bilan jangni yakunladim.

Tizza zarba tekkanda, ikkala jangchi uchun ham og'riqli bo'ladi. Uning oyog'ini sinishiga aynan shu zarba sabab bo'lganmi yoki yo'q, bunisini bilmayman. Lekin, Konor juda ko'p kuchli zarbalar berdi. Ularning birida suyaklarimiz bir-biriga to'qnashdi", - dedi Dastin Pore.

Eslatib o'tamiz, 10 iyul kuni Konor Makregor va Dastin Pore o'rtasidagi jang o'tkazilgandi. Unda Konor oyog'ini sindirib olib, mag'lubiyatga uchragandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: