SportUz.Net

Bilasizmi? Bahodir Jalolovning g'alabali seriyasi 1272 kunga etdi

04.08.2021 18:40    


Rasmni yuklab olish

Bugun Bahodir Jalolov Tokio Olimpiadasi yarim finalida britaniyalik Freyzer Klarkni mag'lubiyatga uchratdi.

Bu orqali Jalolov g'alabali seriyasini 40taga etkazib oldi.

Bahodir 2018 yilning 9 fevral kunidan buyon g'alabali seriyani davom ettirmoqda.

So'nggi marotaba u aynan o'sha kuni Gavanada WSB turniri doirasida kubalik Xose Lardetga imkoniyatni boy berib qo'ygan ekan. O'shandan buyon Bahodir barcha janglarida g'alaba qozonib kelmoqda. 

Umid qilamizki, bokschimiz 8 avgust kuni ushbu g'alabali seriyani davom ettirgan holda oltin medal sohibiga aylanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: