SportUz.Net
iks
ads

Ramazon Temirov vaznidagi UFC chempioni vaznini o'zgartiradimi?

01.12.2025 08:48    


Rasmni yuklab olish

UFC’ning eng engil vazn toifasidagi 35 yoshli chempioni 6 dekabr kuni Las-Vegasda navbatdagi himoya jangini o'tkazadi.

U 2025 yilning so'nggi raqamli turniri UFC 323 musobaqasida Joshua Vanga qarshi beshinchi himoya jangini o'tkazishi kerak. Aleksandr Pantoja ushbu jang oldidan og'irroq vazn toifasidagi chempionlarga qaraganda vazn toifasini o'zgartirishi qiyinroq bo'lishini aytdi.

Bu yil Iliya Topuriya va Islam Maxachev ikki vazn toifasida UFC chempioni bo'lishdi, biroq eng engil vazn chempioni CHjan Veyli o'ta engil vazn toifasi chempioni Valentina SHevchenkoga qarshi hech narsa qila olmadi.

Bundan tashqari, engil vazn toifasi chempioni hozirda Merab Dvalishvili bo'lib, u vazn toifasidan qati nazar eng yaxshi jangchilar reytingida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

"Besh kilogramm men uchun boshqalarga qaraganda ancha ko'p, - dedi Pantoja. - SHevchenko - CHjan hamda Maddalena - Maxachev janglarini ko'ring. Agar SHon O`Melli chempion bo'lganida, men ko'tarilishga tayyor edim. Ammo Merab bilan hammasi boshqacha, u eng yaxshilardan biri. Ehtimol, u eng engil vaznga tushsa, men uchun yaxshiroq bo'larman".

SHuningdek, P4P reytingida beshinchi o'rinni egallagan Pantojaning fikricha, hozir aralash yakkakurashlar tomoshabinlar uchun juda qiziqarli, chunki bir vaqtning o'zida bir nechta jangchilar eng yuqori darajani ko'rsatmoqda va ulardan birini ajratib olish qiyin.

"Merab, Iliya, Islam - bu yigitlar hammaga darajani oshirish kerakligini ko'rsatmoqda. Agar UFC chempioni bo'lishni istasangiz, yanada yaxshiroq bo'lishingiz kerak", - dedi Pantoja. - Bu MMA muxlislari uchun eng yaxshi davrlardan biri, vazn toifasidan qati nazar, kim eng yaxshi ekanligi nomalum. Merab, Islam, Iliya, CHimaev kabilar ro'yxatiga o'zimni ham kiritaman. Aynan shu vaqtda chiqish qilish ajoyib".



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: