SportUz.Net
iks
ads

Olimpiada sovrindori ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi

01.12.2025 08:21    


Rasmni yuklab olish

Buyuk Britaniyaning Derbi shahrida professional boks turniri bo'lib o'tdi.

Oqshom doirasida britaniyalik 34 yoshli Olimpiada sovrindori Freyzer Klark vatandoshi Jeymi SHikevaga qarshi ringga ko'tarildi. To'liq 12 raund davom etgan jangda Klark hakamlarning ayri qarori (112-115, 112-115, 115-113) bilan yutqazib qo'ydi. Jeymi g'alabasi evaziga superog'ir vazn toifasida Buyuk Britaniya chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. 

Avvalroq Klark Buyuk Britaniya chempionligi uchun Fabio Uordliga qarshi jangda durang natija qayd etgandi. Ikkinchi jangda esa birinchi raunddayoq nokaut bilan mag'lub bo'lgandi. Endi esa Klark unchalik taniqli bo'lmagan SHikevega yutqazdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: