SportUz.Net
iks
ads

WBC Gran-prisining finaliga yo'l olgan Mujibillo Tursunovning jang sanasi aniq bo'ldi

27.11.2025 09:45    


Rasmni yuklab olish

Dekabr oyida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boks bo'yicha WBC Gran-prisi musobaqasiga yakun yasaladi.

Xabaringiz bor, mazkur turnirning super engil vazn toifasidagi bellashuvlarida hamyurtimiz Mujibillo Tursunov final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgandi.

U oktyabr oyida bo'lib o'tgan final chiptasi yo'lidagi jangda ukrainalik Danilo Lozanni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi.

Endi Mujibillo Tursunov musobaqa g'olibligi uchun kolumbiyalik Karlos Utria bilan bahs olib boradi. 

Jang 20 dekabr kuni tashkil etiladi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: