
38 yashar sportchi ilk kamar himoya jangini Yangi Zelandiya vakili Karlos Ulbergga qarshi o'tkazishi aytilmoqda.
Jang 2026 yilning 24 yanvar kuni tashkil etiladigan UFC 324 turniri doirasida tashkil etilishi kutilyapti.
Eslatib o'tamiz, Aleks "Poatan" Pereyra so'nggi jangini oktyabr oyida rossiyalik Magomed Ankalaevga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan holda UFC chempionligini qaytarib olgandi. Uning hisobida jami 13 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.
Faoliyati davomida 13 ta jang o'tkazib, 12 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan 35 yoshli Karlos Ulberg esa so'nggi bor sentyabr oyida oktagonga chiqib, Dominik Reyesni enggandi.

WBC Gran-prisining finaliga yo'l olgan Mujibillo Tursunovning jang sanasi aniq bo'ldi
"Maxachev bilan Dog'istonda bo'lsa ham jang qilishga tayyorman. Ramazongacha" - Ien Gerri
Menejer Islam Maxachevning navbatdagi raqibi kim bo'lishini aytdi: bu Topuriya yoki Rahmonov emas