SportUz.Net
photo photo

Bellator prezidenti UFC`ga "vyzov" tashladi

02.08.2021 11:00    


Rasmni yuklab olish

Bellator prezidenti Skott Koker tashkilot jangchisi Ey Jey MakKining taklifini qo'llab-quvvatladi.

Ey Jey UFC chempioni bilan kamarlarni birlashtiruvchi superjang o'tkazish taklifini ilgari surgandi.  

"Ha, men rostan ham MakKini UFC chempioni bilan jang o'tkazishini istayman. Bu UFC rahbarlarining biznes-modeliga ham to'g'ri keladi. Ular katta janglardan ko'p pul ishlashni yoqtirishadi. Balki, UFC promoushenidagilar MakKining imkoniyatlarini past baholashar. Lekin uning nimalarga qodirligini hamma biladi. Istak bo'lsa, bir soniyada jangni tashkil qilamiz", - degan Bellator 263 turniridan keyingi matbuot anjumanida tashkilot rahbari. 

Eslatib o'tamiz, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Ey Jey MakKi aynan Bellator 263 turnirida Patrisio "Pitbul" Freyreni ikkinchi daqiqadayoq bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan va yarim engil vaznlilarning Gran-pri chempioniga aylangan edi. 

Kechagi jangdan so'ng MakKi UFC, ONE FC va PFL chempionlari bilan jang qilishga tayyor ekani va o'rtaga shaxsan o'zi bir million dollar mukofot puli qo'yishini aytgandi. Ayni paytda ushbu vaznda avstraliyalik Aleksandr Volkanovski UFC chempioni bo'lib turibdi. U sentyabrda Brayan Ortegadan kamarini himoya qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: