SportUz.Net
iks
ads

"Sen kelmaguncha barchasi joyida edi". Maxachev savol bergan Xabib Nurmagomedovga kutilmagan javob qaytardi

01.11.2025 14:54    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni, Islam Maxachev Jek Della Maddalenaga qarshi bo'ladigan jang oldidan tayyorgarlik jarayoni haqida gapirdi.

Xabib Nurmagomedov joylashtirgan videoda Xabib va Islam suhbatlashgan.

Xabib Nurmagomedov: Islam, tayyorgarlik qanday ketyapti? Yangi narsalar bormi?

Islam Maxachev: Hammasi joyida edi, sen ikki kun oldin kelmaguncha (kuladi).

Xabib Nurmagomedov: Jiddiy javob ber.

Islam Maxachev: Endi mashqlardagi raqiblar og'irroq. Ilgari 83–84 kilogramm atrofidagi yigitlar bilan ishlaganman. Hozir esa Muxammad Berhamov kabi og'ir jangchilar bilan — u 91 kilogramm vaznga ega.

Xabib Nurmagomedov: Vazn tushirish qanday ketyapti?

Islam Maxachev: Bu haqda o'ylamayman ham (kuladi). Yarim o'rta vaznga o'tgach, hayot o'zgardi. Ilgari doimo “bu kecha qaerda nima eyman?” deb o'ylardim. Endi esa — farqi yo'q, — dedi Maxachev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: