
Asu 22 noyabr kuni Qatar poytaxtida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night turnirida chempionlik kamari uchun sobiq davogar, amerikalik Aleks Peresga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu turnir Qatar tarixida UFC shafeligida o'tkazilayotgan ilk musobaqa bo'ladi.
Almabaev bilan birga Dohaga murabbiyi Eduard Bazrov, UFC jangchisi Alibi Idris hamda MMA bo'yicha jahon chempioni Sanjar Adilov yo'l olgan. Idris va Adilov sparring-sherik sifatida Asuga mashg'ulotlarda yordam beradi.
Malumot uchun, Asu Almabaev MMAda 22 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan. Tajribali Aleks Peres hisobida esa 25 g'alaba va 9 mag'lubiyat bor. Ramazon Temirov va Asu Almabaev o'rtasidagi jang 26 iyul kuni Abu-Dabi shahrida o'tkazilishi kerak edi. Afsuski, Ramazonda aniqlangan doping sabab ushbu jang bekor qilingandi.

"Bu - men xohlagan jang". Xollouey engil vaznda kim bilan jang qilmoqchi ekanligini aytdi
UFC chempioni Della Maddalenaga Maxachev bilan jangga tayyorgarlikda yordam bermoqda (FOTO)