
Oqshomning markaziy jangida og'ir vazn toifasining angliyalik chempioni Tom Aspinall Franciya vakili Siril Ganga qarshi oktagonga chiqqan, ammo jang britaniyalikning ko'ziga shikast etgani tufayli to'xtatilgan va o'tkazilmagan deya topilgan edi.
Aynan asosiy jang ishtirokchilari yarim raundlik jang uchun katta gonorar olishdi. CHempion Aspinall 3 million 542 ming, aybdor-davogar Gan esa 1 million 532 ming AQSH dollari miqdoridagi kafolatlangan gonorarga ega bo'ldi. Umar Nurmagomedov esa bor yo'g'i 156 ming dollarga ega chiqdi.
Asosiy kard jangchilarining gonorarlari:
Tom Aspinall - 3 mln 542 ming (AQSH dollari)
Siril Gan - 1 mln 532 ming
Virna Yandiroba - 882 ming
Makkenzi Dyorn - 682 ming
Aleksandr Volkov - 316 ming
Nataniel Vud - 266 ming
Lyudovit Klyayn - 260 ming
Umar Nurmagomedov - 156 ming.
Abdurahmon Fozilovning LFA Ligasidagi debyut jangi sanasi va manzili malum (POSTER)