
Kecha 34 yoshini nishonlagan rossiyalik aralash yakkakurash ustasini ham bu scenariy to'liq qoniqtirmoqda.
"Iliya Oq uyda jang qilishni xohlaydi, men ham u erda bo'lishni istayman. O'ylaymanki, bu MMA hamjamiyati uchun katta jang bo'ladi. Odamlar bu jangni xohlamoqda, agar UFC istasa, biz buni amalga oshira olamiz. UFC’ga Oq uydagi turnir uchun katta janglar kerakligini bilaman. Bundan ortiq jang bo'lishi mumkinmi?", - dedi Maxachev.
SHu bilan birga, rossiyalik Topuriyaning yarim o'rta vazn toifasiga ko'tarilishini maqul ko'radi, ammo bu jang engil vaznda o'tishi mumkinligini butunlay istisno qilmaydi.
"Agar u yarim o'rta vaznga ko'tarilsa, bu men uchun faqat yaxshi bo'ladi. Engil vaznga tushish men uchun qiyin bo'ladi - buning uchun Dana Uayt ko'proq to'lashi kerak bo'ladi. Divizionning o'zgarishi bilan hayotim ham o'zgardi. Bir umr nima eyayotganim haqida o'ylashga majbur bo'ldim. Endi men mashg'ulot lageridan zavqlanaman, xohlagan narsamni eyman va tabassum bilan mashq qilaman.
O'ylaymanki, o'n kilogrammdan ortiq vazn tashlagan odam hech qachon 100 foiz tiklanmaydi. Janglarga 60-70 foiz tiklanganimni his qilyapman. 30 soat ichida tiklanish juda qiyin, ammo endi o'zim ham qafasda o'zimni qanday his qilishimni ko'rishga oshiqyapman", - deya tushuntirdi Maxachev.
Agar Islam 15 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan UFC 322 turnirida Jek Della Maddalendan yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini tortib olsa, o'z o'rnida Iliya kelasi yil boshida engil vazndagi kamarini himoya qilsa, Maxachev - Topuriya jangi haqiqatga aylanadi.
Tashkilotning Oq uyda AQSH mustaqilligining 250 yilligiga bag'ishlangan bayram turniri 2026 yil 14 iyunga rejalashtirilgan.

"Bu sir emas". Maxachev Maddalena bilan jang oldidan Xabib qanday maslahat berganini aytdi