Musobaqada -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschmiz Xurshid Rasuljonov ilk jangini ukrainalik Oliksey Kozelyokka qarshi o'tkazdi.
SHiddatli va ochiq kechgan jangda afsuski Rasuljonov imkoniyatni boy berib qo'ydi. Qayd etish lozimki, birinchi raundda Xurshid referining "breyk" ko'rsatmasidan so'ng zarba berib yuborgani uchun 1 ochkodan mahrum bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq ushbu vazn toifasida jang qilgan boshqa bir bokschimiz Abdumalik Xalakov mezbon bokschini muddatidan oldin mag'lub etgan holda, keyingi bosqichga yo'l olgandi.
Bugun turnir davomida yana uch nafar hamyurtimiz jang qiladi.