— 2026 yilda o'zingni chempion sifatida ko'rasanmi?
— Men 2026 yilda chempion bo'lishim kerak. Albatta. Bu yil mening yilim bo'lishi kerak. 2026 yilda chempion bo'lib, 2029 yilgacha shunday qolishim kerak. Bu — reja, — dedi UFC jangchisi Umar Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, 2025 yil yanvar oyida Nurmagomedov Merab Dvalishviliga hakamlar yakdil qaror bilan yutqazgan va engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini qo'lga kirita olmagan edi.
U 2021 yildan beri UFC’da jang qilmoqda, uning ligadagi natijasi — 6 g'alaba va 1 mag'lubiyat.