SportUz.Net
iks
ads

Maxachevning murabbiyi: "Topuriyaning zaif tomoni bor"

21.10.2025 14:36    


Rasmni yuklab olish

Xabib Nurmagomedov va Islam Maxachevning murabbiy Xaver Mendes shogirdining Iliya Topuriyaga qarshi ehtimoliy jangi haqida gapirdi.

Agar Islam Iliya navbatdagi janglarida g'alaba qozonishsa, ularning yo'li oktagonga kesishi mumkin. Ularning o'zaro jangi voqealar rivojining eng ehtimoliy variantiga aylanadi. Mendes esa Islamning ispaniya-gruziyalik jangchiga qarshi qanday taktika qo'llash kerakligini allaqachon biladi.

"Iliya bilan boks masofasida turib bo'lmaydi. U MMAdagilar orasida eng yaxshi boksga ega jangchi. SHu bois, u bilan masofadan turib, turli burchaklarda va tizzalarda zarbalar berish orqali ishlash kerak. Muay-tay buning uchun eng mos keladi. Uning o'ziga yaqinlashishiga yo'l qo'ymaslik - bu murakkab vazifa, chunki boksdan tashqari, Iliyaning munosib kurashi ham bor. U bilan birga shug'ullangan odamlar menga uning jiu-jitsuga ham munosib jihatlari borligini aytishgan.

Topuriya deyarli mukammal jangchi, lekin baribir to'liq emas: uning zaif tomoni bor - bu oyoq zarbalari. Bu zaiflikni unga qarshi ishlatish kerak, bundan tashqari, kerak bo'lganda uni sinab ko'rish uchun yaxshi greppling ko'nikmalariga ega bo'lish lozim. Biz hozircha uning parterda qanchalik yaxshi ekanini bilmaymiz va buni tekshirishimiz kerak", - dedi amerikalik mutaxassis "Know Time To Fly" podkastida.

Malumot uchun, Islam Maxachev 15 noyabr (Toshkentda 16 noyabr tongi) kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan UFC 322 turnirining asosiy jangida avstraliyalik Jek Della Maddalenadan yarim o'rta vazn toifasi chempionlik kamarini tortib olishga harakat qiladi. Topuriya esa yanvar oyida britaniyalik Peddi Pimblett yoki amerikalik Jastin Getjiga qarshi chempionlik kamarini himoya qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: