Ularning jangi 7 dekabrdagi UFC 323 turnirida bo'ladi.
"Yo'q, men Pyotr Merabni engadigan scenariyni ko'rmayapman. Xususan, Merab hozir butunlay boshqa darajada. Pyotrning yagona imkoniyati — nokaut. Balki u Merabning tanasiga hujum qilib, uni charchatishga urinishi mumkin, lekin g'alaba uchun eng yaxshi usul — boshidanoq hujumga o'tish. Pyotr kurashda Merabga qarshi tura olmaydi, agar uni ko'proq ishlatmasa, unda imkoniyat bo'lmaydi. Merab og'rituvchi usullar bilan tahdid qilmaydi — u bunday uslubni qo'llamaydi. U ancha kuchaydi va uning faolligi buni isbotlaydi: bir yilda to'rtta jang. UFC bunday faol chempionlarni qadrlaydi", — dedi Sexudo Pound 4 Pound podkastida.
Umar Nurmagomedov: "Agar Yan Dvalishvilini nokaut qila olmasa, Merab uni xo'rlab tashlaydi"
Oskar de la Xoyya Dana Uayt haqida: "Bu tirmizaklar boksda barcha narsani o'zgartirib tashlamoqchi"