"Albatta, u hali chempion bo'ladi. 28 yosh - superog'ir vazn jangchisi uchun bolalik davri. O'rganish va oldinga qadam tashlash kerak. Usikdan uchralgan mag'lubiyatlar Danielni kuchliroq qiladi.
U nimaga qodirligini hammaga ko'rsatishi kerak. Uning kuchli zarba berishni bilishini bilamiz. Uning janglari har doim tomoshabop bo'ladi va agar o'ylab ko'rilsa, so'nggi ikki jangda uni boshqa har qanday jangchiga qaraganda ko'proq odam kuzatgan - deyarli 190 ming tomoshabin jonli efirda", - deya Uorrenning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Eslatib o'tamiz, Daniel Dyubua hamyurti Entoni Joshuani mag'lubiyatga uchratib, jahon chempioni bo'lgandi. Ammo keyingi jangida uni Aleksandr Usik beshinchi raundda nokautga uchratib, mutlaq jahon chempioniga aylandi.
Dyubuaning navbatdagi raqibi kubalik 33 yoshli Frenk Sanches bo'lishi kutilmoqda. Ushbu qarama-qarshilik g'olibi IBF kamari uchun rasmiy davogarga aylanadi.
Oskar de la Xoyya Dana Uayt haqida: "Bu tirmizaklar boksda barcha narsani o'zgartirib tashlamoqchi"
Genri Sexudo Pyotr Yan Dvalishvilini engish uchun yagona imkoniyat qanday ekanligini aytdi
Eddi Xirn: "Muxlislar Entoni Joshua va Tayson Fyuri jangiga qiziqmoqda, Usik – Fyuriga emas!"