SportUz.Net
photo photo

Bugunning o'zida uch nafar qozog'istonlik bokschi Olimpiadadan chiqib ketdi

28.07.2021 11:40    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonlik bokschilarga bu Olimpiada u qadar omadli kelmayapti.

Bugungi rejadan o'rin olgan qozog'istonlik bokschilar ishtirokidagi janglar qo'shnilarimiz uchun juda omadsiz o'tmoqda. 

Dastlab, ayollar o'rtasida -75 kg gacha bo'lgan bokschilar orasida, qozog'istonlik Nadejda Ryabec kanadalik Tibo Tamarraga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Keyin esa, -57 vazndagi Serik Temirjanov amerikalik Regan Dyukga 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi. 

So'ngra, -81 kg vazn toifasidagi yana bir qo'shnimiz Bekzad Nurdauletov Rossiya vakili Imom Xataevga 1:4 hisobida yutqazib qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, bungacha Vasiliy Levit va Ablayxan Jusupov ham Olimpiadani juda erta yakunlagandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: