-57 kg vaznli bokschimiz Mirazizbek Mirzaxalilovning irlandiyalik Entoni Uolkerga qarshi jangi o'z nihoyasiga etdi. Jangda katta ustunlik bilan harakat qilganiga qaramasdan, Mirazizbek Mirzaxalilov 1:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. SHu tariqa, -57 kg vaznda medalsiz qoladigan bo'ldik. Hakamlarning bu qarorini tushunish esa, juda qiyin.
Malumot uchun, Olimpiya o'yinlarida appelyaciya berish mumkin emas. Mazkur qoida faqat AIBA shafeligida o'tkaziladigan musobaqalarda amal qiladi.