"O'zimni juda yaxshi his qilyapman. Men g'olibman, chunki men shu erdaman. Bu erda mag'lubiyat yo'q. Faoliyatimda erishish mumkin bo'lgan barcha yutuqlarni qo'lga kiritib bo'ldim. Tavakkal qilishdan qo'rqmayman. Men u kabi bokschilar bilan hurmat bajo keltirgan holda jang qilaman. Agar yana shunday shouni uyushtira olsak, ajoyib bo'lardi. Krouford yaxshi bokschi", deydi Alvares.
14 sentyabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tgan mutlaq chempionlik bahsida amerikalik Terens Krouford Meksika vakili Saul Alvares "Kanelo"ni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgandi.
Kanelo: "Faoliyatimda erishish mumkin bo'lgan barcha yutuqlarni qo'lga kiritib bo'ldim"