SportUz.Net
iks
ads

Ruslan Abdullaevning raqibi o'zgardi. Hamyurtimiz endi Fazliddin G'oibnazarovning sobiq raqibi bilan to'qnash keladi

16.09.2025 17:18    


Rasmni yuklab olish

Avvalroq, o'zbekistonlik professional bokschi, super engil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Ruslan Abdullaevning navbatdagi jangi elon qilingani haqida xabar bergandik.

23 yashar charm qo'lqop ustasi 20 sentyabr kuni AQSHning Kaliforniya shtati, Indio shahridagi Fantasy Springs Resort Casino majmuasida o'tkaziladigan prof boks oqshomi doirasida venesuelalik 34 yoshli Grimardi Machukaga qarshi jang qilishi aytilgandi.

Biroq xorijiy OAVlarning, xususan, boxrec internet portalining malum qilishicha, Ruslan o'sha kuni amerikalik Kevin Jonson bilan jang qiladi. Jonson 32 yoshda bo'lib, hozirga qadar 19 ta jang o'tkazib, 12 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirgan. U karerasidagi ilk mag'lubiyatini 2018 yil iyul oyida hamyurtimiz Fazliddin G'oibnazarovdan qabul qilib olgan. 

Havaskor boksda jahon chempioni hisoblanuvchi Ruslan Abdullaev esa prof boksda hozircha 2 ta jang o'tkazib, har ikkisida g'alaba qozongan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: