Unda ikkinchi eng engil vazn toifasida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue ushbu vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha vaqtinchalik kamar sohibi bo'lib turgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev bilan to'qnash keladi.
Toshkent vaqti bilan taxminan 16:30 — 17:00 oralig'ida boshlanishi kutilayotgan jangni Telegram platformasidagi Sport Universal kanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Musobaqaning to'liq kardi quyidagicha:
Markaziy jang. Ikkinchi eng engil vaznda WBA, WBC, WBO, IBF va The Ring kamarlari uchun: Naoya Inoue (Yaponiya, 30-0-0) — MURODJON AHMADALIEV (14-1-0);
Eng engil vaznda WBO kamari uchun: Yoshiki Takei (Yaponiya, 11-0-0) — Kristian Medina (Meksika, 25-4-0);
Minimal vazn toifasidagi jang: Yuni Takada (Yaponiya, 16-8-3) — Ryusey Macumoto (Yaponiya, 6-0-0);
Engil vazn toifasidagi jang: Yuday Murakami (Yaponiya, 6-2-1) — Tayga Imanaga (Yaponiya, 8-0-0);
Ikkinchi yarim engil vazn toifasidagi jang: Ei Go (Yaponiya, 5-0-0) — Syunpey Oxata (Yaponiya, 6-1-0);
Ikkinchi eng engil vazn toifasidagi jang: Tosiki Simomati (Yaponiya, 21-1-3) — Xan Sol Li (Koreya Respublikasi, 9-7-0);
Eng engil vazn toifasidagi jang: Taysey Ayano (Yaponiya, 2-2-0) — Yusuke Nava (Yaponiya, 2-5-0).
Murodjon Ahmadalievning Naoya Inouega qarshi jangini qaerdan tomosha qilish mumkin?